O‘zgidromet rahbari Surxandaryo viloyatida hizmat safarida bo‘ldi

O‘zgidromet rahbari Surxandaryo viloyatida hizmat safarida bo‘ldi

24.09.2021

O‘zgidromet rahbari Surxandaryo viloyatida hizmat safarida bo‘ldi

Joriy yilning 23-25 sentabr kunlari O‘zgidromet Bosh direktori, Gidrometeorologiya Instituti direktori va mas’ul boshqarma boshliqlaridan tashkil topgan ishchi guruh Surxandaryo viloyatida hizmat safarida bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidentining PQ-4896-son qarori bilan belgilangan Sherobod va Shurchi stansiyalarida qurilish ishlari natijalari bilan ishchi guruh yaqindan tanishib chiqdi. Xususan, xizmat safari davomida Surxandaryo hududida joylashgan gidrometeologiya stansiyalari va postlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Xizmat safari davomida ushbu post va stansiya hamda boshqarmalarida faoliyat olib boruchi xodimlar bilan ish faoliyatlari haqida suhbatlashildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan xizmat safari davomida Sherobod, Shurchi va Surxandaryo gidrometorologiya boshqarmasi uchun qurilgan yangi binolari ko‘rib chiqildi. Jumladan meteorologiya maydonchasi va uning bilan birgalikda bino va xonalari, hamda xodimlarni ish faoliyatini olib borish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘zbekiston Prezidentining PQ-4896-son qarorini bajarilish samaradorligini oshirish maqsadida xizmat safari davomida O‘zgidromet Bosh direktori tomonidan sharoitlarini takomillashtirish va yanada yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.