Dam olish kunlari juda iliq havodan so‘ng, havo sezilarli darajada salqinlashadi

Dam olish kunlari juda iliq havodan so‘ng, havo sezilarli darajada salqinlashadi

24.09.2021

Dam olish kunlari juda iliq havodan so‘ng, havo sezilarli darajada salqinlashadi

Bugun va ertaga O‘zbekistonda quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Termometr ustuni kunduz kunlari 32-34° gacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlar me’yoridan 4-6° yuqoridir.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelishi saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17° ni, kunduz kuni 35-37° ni tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12° gacha, kunduz kuni 20-25° gacha pasayadi.

Dushanba kuni salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinchi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati 23-27°, kechasi 12-15° atrofida bo‘ladi.

26-27 sentabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar ko‘payadi va ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo haroratining yanada pasayishi kutilmoqda.