Diqqat imtihon boshlandi!

Diqqat imtihon boshlandi!

23.09.2021

Diqqat imtihon boshlandi!

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Gidrometeorologiya sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida O‘zgidromet, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti va Rossiya Davlat Gidrometeorologiya universiteti va Oliy ta’limning Federal Davlat byudjet ta’lim muassasalari o‘rtasida “Amaliy Gidrometeorologiya” va “Ekologiya va tabiatdan foydalanish" yo‘nalishlarida "3+2" qo‘shma bakalavriat dasturini amalga oshirish maqsadida kelishuv tuzildi.

2021-2022 o‘quv yili uchun ikki tomonlama diplom olish maqsadida bakalavrning sirtqi ta’lim dasturiga 241 ta talabgorlar tomonidan ariza topshirildi.

Hurmatli abiturientlar! Matematika fanidan kirish imtihonlari 23-24-sentabr kunlari soat 10:00da Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakulteti binosida, 220-auditoriyada o‘tkaziladi.