O‘zbekiston bo‘yicha havo yana salqinlashdi

O‘zbekiston bo‘yicha havo yana salqinlashdi

20.09.2021

O‘zbekiston bo‘yicha havo yana salqinlashdi

Bugun ertalab O‘zbekiston aholisi mamlakatimizga janubiy Ural hududlaridan kirib kelgan salqin havoni his qilishdi. Quruq, ammo salqin havo massasining kirib kirishi harorat fonining iqlimiy ma’yorlargacha pasayishida aks etdi. Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida harorat 26-29° ni, shimolda 22-25° ni, respublika janubida 32-35° ni tashkil etadi. Respublikaning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

Haftaning katta qismida respublika bo‘yicha asosan shunday quruq va salqin ob-havo hukumronlik qiladi. Havo harorati kechalari 10-15°, kunduz kunlari 26-31° atrofida bo‘ladi. Bunday ob-havo O‘zbekiston bo‘yicha sentyabr oyi oxiri uchun xosdir.

Hafta oxiriga kelib, antitsiklon periferiyasi Qozog‘iston hududiga chekina boshlaydi. Havo harorati yana ko‘tariladi va hafta oxiriga 32-35° ni tashkil etadi.

24-sentabr kuni respublika shimolida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.