DIQQAT QABUL DAVOM ETMOQDA!

DIQQAT QABUL DAVOM ETMOQDA!

16.09.2021

DIQQAT  QABUL DAVOM ETMOQDA!

Oliy ta’lim muassasalariga 2- bosqichdan kirish imtihonlarisiz, faqat suhbat asosida qabul qilinish imtiyoziga ega bo‘lishni hamda kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha professional bilim egallashni istaysizmi?

 

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan Toshkent Gidrometeorologiya texnikumi sizga bu imkoniyatni taqdim etadi!

Arizalar 2021 yil 25 sentyabrgacha www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha onlayn  tarzda qabul qilinadi:

-  meteorologiya;

-  gidrologiya;

-  gidrometeorologiyada aloqa va telekommunikatsiya;

-  kadastr;

-  seysmologiya;

-  ekologiya va atrof muhit monitoringi.

Ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali Oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

- Nazariy darslar amaliyot bilan bog‘liq holda qiziqarli tashkil etiladi;

- O‘quvchilar texnikumda  olgan bilimlarini  amaliyotda  qo‘llamoqda;

- Texnikum bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishi  kafolatlanadi;

- Barcha fanlar yuqori darajada o‘tiladi;

- Amaliyot mashg‘ulotlari avtomatik meteostansiya bilan jixozlangan o‘quv  meteorologik maydonchasida o‘tkaziladi;

- Texnikum  o‘quvchilari har yili O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqadi;

- Texnikumda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar o‘rtasida turli ma’naviy - ma’rifiy va sport  tadbirlari  o‘tkaziladi;

- Texnikumda o‘quvchilar turar joyi mavjud, o‘quvchilar turar joyida barcha  sharoitlar  yaratilgan;

 

O‘qishga marhamat hurmatli o‘quvchilar!

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: telefon  71 241-40-13; 93-531-95-61