BIRINCHI KUZGI SALQIN
10.09.2021
Sentabr oyining birinchi haftasi davomda saqlanib turgan, havo harorati me’yordan 2-5° ga yuqori bo‘lgan uzoq davr kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, O‘zbekistonga birinchi kuzgi sovuq kirib keldi.
8 sentabrda respublikaning shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlandi, u Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo olib keldi. 9 sentabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oldi, harorat kechalari 14-17° gacha, shimolda 8-13° gacha, kunduz kunlari 27-32° gacha pasaydi.
Bugun kunduz kuni respublika hududiga sovuq oqim kirib kelishi davom etadi va kunduz kungi harorat 24-27° gacha pasayadi va o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4° ga past bo‘ladi. Respublikaning katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-haavo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Ayrim joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shanba va yakshanba kuni sovuq antitsiklon ta’siri hisobiga harorat kechalari 12-15° gacha pasayadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va yakshanba kuni harorat 27-30° gacha ko‘tariladi.