O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 21-25 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
21.04.2025
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
23 aprel – chorshanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha qisqa muddatli momaqaldiroli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
24-25 aprel kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Dam olish kunlari kuzatilgan salqin havodan so‘ng, ushbu hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda. Bugun kunduzi respublika bo‘yicha harorat 20-25 daraja, ish haftasining oxiriga kelib 25-30 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 31-33 darajagacha bo‘ladi.
Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, 24-25 aprelda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida
sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kechga tomon va ertaga kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 21-24 daraja bo‘ladi.
23-25 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 25-28 darajagacha ko‘tariladi.
Harorat asosan kechalari 12-15 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2025-yil 21-aprel