O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 10-14-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.02.2025
Ushbu haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
13 fevralda markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda, shuningdek, O‘zbekistonning cho‘l hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
14 fevralda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat eng chekka janubda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati 10-11 fevralda kunduz kunlari 0-5 daraja iliq,
kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 6-8 daraja sovuqqacha bo‘ladi.
12 fevraldan harorat asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va 13-14 fevralga kelib, kunduzgi harorat 8-11 daraja iliqqacha, janubda 12-14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.
Toshkentda: bugun kechqurun biroz qor yog‘ishi mumkin. 11-12 fevralda vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. 13 fevralda asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
14 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari
10-11 fevralda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 12-14 fevralda 8-10 daraja iliqqacha
asta-sekin ko‘tariladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2025-yil 10-fevral