O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 31 YАNVAR va 1-2 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
31.01.2025
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Navoiy viloyatining shimolida va kechga tomon Toshkent viloyatida baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kechalari hali ham sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 5-8 daraja iliqqacha, janubda 10-12 daraja iliqqacha isitadi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda: bugun havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon kuchsiz qor yog‘ishi mumkin. Harorat 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Harorat kechalari 2-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025 yil 31 yanvar