O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 27-31 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 27-31 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.01.2025

 

Bugun O‘zbekistonda quruq va nisbatan iliq ob-havo kutilmoqdahavo harorati 7-12° iliq bo‘ladi. Faqatgina respublikaning shimoliy hududlari sovuq antisiklon taʼsirida bo‘lib, harorat kunduzi 0-5° iliqdan oshmaydi.
Ertaga, 28-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida biroz qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi 5-10° iliq, respublikaning shimoliy hududlarida 2° sovuq -3° iliq bo‘ladi.
29-31-yanvarda sovuq havo massalari Oʻzbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlaydi, havo harorati kechasi 
0-5° sovuqqacha, shimoliy hududlar ba‘zi joylarida 8° sovuqqacha, kunduzi
0-5° iliqqacha pasayadi.
Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarida 29-31 yanvarda  vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, asosan qor shaklida yog‘adi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan yo‘nalishini gʻarbiyga o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Poytaxtimizda: bugun va ertaga yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorat bugun 9-11° iliq, ertaga kechasi 0-2° iliq, kunduzi 6-8° boladi.
 29-31 yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 0-2° iliq boʻladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini gʻarbiyga o‘zgartirish bilan 5-10 m/s tezlikda esadi.

 

27 yanvar 2025 yil

O‘zgidromet