O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 20-24 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 20-24 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.01.2025

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 7-12о gacha, janubiy hududlarda ba’zi joylarda 15о gacha iliq bo‘ladi. Shamol tezligi ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ertaga respublikamizning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. Ayrim tog oldi va togli hududlarda kuchli yogingarchilik bolishi mumkin. Faqat Fargona vodiysi hududlarida yogingarchilik ehtimoli past. Havo harorati kechasi 0-5о iliq, kunduzi 5-10о iliq bo‘ladi.

Chorshanba kuni mamlakatimiz hududiga Volga boyidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, Ozbekiston boylab yogingarchilik (yomgir qorga aylanadi) bolishi kutilmoqda, Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yogingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5о iliqdan oshmaydi.

Payshanba kuni kunning birinchi yarmida respublikaning faqat markaziy va sharqiy hududlarida qor yogishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7о sovuq, kunduzi, 2о sovuq-3о iliqqacha, shimoliy hududlarda kechasi 8-13 о gacha sovuq, kunduzi 0-5о  sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. 

Juma kuni O‘zbekistonda yogingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi 2-7о  sovuqdan oshmaydi, kunduzi 2-7о iliqqacha, shimolda kechasi 8-13о sovuq, kunduzi 2о sovuq-3о iliq boladi.

Hafta davomida respublika boylab tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib turgan holda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. 21-22 yanvar kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 10-12о gacha iliq boladi.

Ertaga vaqti-vaqti bilan yomgir yogadi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 2-4о  iliq, kunduzi 8-10о  iliq boladi.

Chorshanba kuni yomgir yogishi, qorga aylanishi kutilmoqda, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi havo harorati 1-3о  iliq boladi.

Payshanba kuni kechasi va ertalab qor yogishi mumkin. Havo harorati kechasi 4-6 о sovuq, kunduzi  1о sovuq-1о iliq bo’ladi.

 

O‘zgidromet

2025 yil 20 январь