O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 10-12 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 10-12 YАNVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.01.2025

Bugun va dam olish kunlari respublika bo’yicha yog‘ingarchiliksiz biroz bulutli ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi havo harorati 0-3 daraja sovuq, ba’zi joylarda 5 daraja sovuqqacha, kunduzi quyosh havoni 6-11 daraja iliqqacha isitishi kuzatiladi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo’ladi.

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

 

Shamol sharqiy yo’nalishdan yengil va ortacha tezlikda esadi.

 

Poytaxtimizda: biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo bo’ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 8-11 daraja iliq bo‘ladi. 

 

 

O‘zgidromet

2025 yil 10 январь