Qadrli hamkasblar! Aziz do‘stlar va kanalimiz a’zolari!

Qadrli hamkasblar! Aziz do‘stlar va kanalimiz a’zolari!

31.08.2021

Qadrli hamkasblar! Aziz do‘stlar va kanalimiz a’zolari

«O‘zgidromet» jamoasi sizlarni Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etadi.

Tarixdan ma’lumki, har qanday xalq, har qanday millat uchun mustaqillikka erishish oson bo‘lmagan. Bu haqiqatni teran anglagan, fidokorlik va jasorat ko‘rsatgan, mustaqillik uchun kurashda jonini ham ayamagan ajdodlarimiz xotirasini e’zozlab, abadiy qalbida saqlab kelayotgan xalqmiz.

Bizga milliy o‘ziga xoslik, an’analarimiz, urf-odatlarimiz bilan fahrlanish huquqini qaytargan Mustaqillik kuni Vatanimiz tarixida abadiy qoladi hamda zarhal harflar bilan bitiladi.

Davlatimiz yildan-yilga yanada mustahkam, ilg‘or va boy bo‘lib boraversin! Buyuk istiqbolga, muazzam tarixga ega mamlakat obod va farovon yashasin!

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin. Sizni va yaqinlaringizni tinchlik, xotirjamlik, omonlik hech kachon tark etmasin.