O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 10-14 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.12.2024
10-13 dekabr kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13 dekabr kuni shimolda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
14 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
10-14 dekabrda harorat kechalari 5-8 daraja sovuqdan 2-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqdan 9-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublika shimolida harorat kechalari 8-13 daraja sovuqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: 10-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14 dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat kechalari 6-8 daraja sovuqdan 3-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari
0-2 daraja iliqdan 10-12 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, havo harorati keskin pasayadi.
2024 yil 10 dekabr
O‘zgidromet