O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 6-8 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 6-8 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.12.2024

 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublika shimolida ertaga 7-dekabr kuni ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 
2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

8-dekabrda respublika hududiga shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

Havo harorati 8-dekabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuqni, 
shimolda kechasi 5-10 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi.

8-dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi. 
Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ba’zi joylarga tuman tushadi.

 

Poytaxtimizda: 6-7-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s telikda esadi. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduz kunlari 
2-5 daraja iliq bo‘ladi.

8-dekabrda kuchsiz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 
va kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.

Kelgusi haftaning boshida O‘zbekiston bo‘yicha harorat kechalari 
5-10 daraja sovuqqacha (Toshkentda 6-8 daraja sovuqqacha), shimolda 
13-18 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli o‘zgarmaydi.

 

 

2024 yil 6 dekabr

O‘zgidromet