O‘ZBEKISTONDA 2024 YIL NOYABR OYIDA KUZATILGAN OB-HAVO SHAROITI
05.12.2024
Kuz faslining oxirgi oyi - noyabr ham tugadi.
Bu yil noyabr oyi odatdagidan biroz (1,5-2o ga) iliqroq bo‘lib,
lekin o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan sovuqroq (3-4o ga) bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2023 yilning noyabr oyi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng iliq bo‘ldi.
2024 yil noyabr oyi davomida iliq to‘lqinlar va sovuq to‘lqinlar bilan o‘rin almashib turishi kuzatildi, ammo iliq to‘lqinlar sovuq to‘lqinlarga nisbatan jadalroq va davomiy bo‘ldi.
Oy o‘rtasida eng sezlarli, ammo qisqa muddatli sovuq (me’yordan
4-5o ga, janubda 2-3o ga past) kuzatildi.
Respublika hududining katta qismida harorat kechalari
0-4o sovuqqacha, shimolda 6-9o sovuqqacha pasaydi.
Havo haroratining eng yuqori qiymatlari oyning birinchi besh kunligida qayd etildi. Kunduz kunlari havo 20-25o iliqqacha, ba’zi joylarda
27o iliqqacha, janubda 29-31o iliqqacha isidi.
1-jadvalda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun
noyabr oyidagi minimal va maksimalhavo harorati qiymatlarini
mutlaq minimal va maksimal haroratbilan taqqoslanishi ko‘rsatilgan.
Jadval shuni ko‘rish mumkinki, butun O‘zbekiston hududi bo‘yicha minimal havo harorati rekordlari bundan 70 yil oldin o‘rnatilgan.
Ushbu asrda noyabr oyida minimal haroratning eng past qiymatlari 2016 va 2020 yillarda kuzatildi va ular barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq minimumlardan nisbatan yuqori bo‘ldi.
Ammo O‘zbekiston hududining katta qismida maksimal havo harorati rekordlari aynan shu asrda o‘rnatildi.
1-jadval
Meteostansiya | 2024 yil noyabr oyining minimal harorati | Noyabr oyida haroratning mutlaq minimumi | 2001-2023yy. uchun noyabr oyida harorat minimumi | 2024 yil noyabr oyining maksimal harorati | Noyabr oyida haroratning mutlaq maksimumi |
Toshkent | -0,8 | -22,1 / 1954 | -10,5 / 2020 | 26,4 | 31,6 / 2017 |
Nukus | -7,9 | -24,3 / 1950 | -20,4 / 2016 | 22,8 | 27,4 / 2006 |
Urganch | -7,5 | -19,8 / 1950 | -18,1 / 2016 | 24,6 | 27,5 / 1979 |
Buxoro | -3,5 | -19,6 / 1950 | -14,0 / 2016 | 26,2 | 31,7 / 2009 |
Navoiy | -2,5 | -19,7 / 1950 | -14,3 / 2016 | 25,5 | 31,0 / 1988 |
Samarqand | -0,9 | -18,1 / 1954 | -11,8 / 2016 | 27,3 | 31,5 / 2017 |
Jizzax | -0,6 | -24,5 / 1954 | -13,0 / 2020 | 24,4 | 33,4 / 2016 |
Sirdaryo | -2,8 | -27,0 / 1954 | -11,8 / 2016 | 25,5 | 31,6 / 2017 |
Qarshi | 0,3 | -18,6 / 1950 | -11,0 / 2020 | 30,8 | 33,5 / 2017 |
Termiz | 4,0 | -13,0 / 1910 | -10,2 / 2016 | 31,0 | 33,5 / 2017 |
Andijon | -2,4 | -21,7 / 1954 | -10,6 / 2016 | 21,8 | 28,1 / 1990 |
Namangan | -3,0 | -18,1 / 1941 | -10,4 / 2016 | 22,1 | 26,2 / 2003 |
Farg‘ona | -1,9 | -22,8 / 1954 | -9,2 / 2016 | 21,0 | 27,6 / 2003 |
O‘tgan noyabr oyidagi haroratning maksimal, ayniqsa minimal qiymatlari o‘zining ekstremal qiymatlaridan uzoq bo‘ldi.
Noyabr oyida yomg‘ir kam yog‘di.
Ba’zi kunlarda (5-6 noyabr, 13 noyabr, 20-21 noyabr,
30 noyabr) yomg‘ir sezilarli jadallikda yog‘di.
Chimyon, Oygaing va Kul meteostansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, 5-6 noyabr kunlari yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchiliklar kuzatuvlar tarixi uchun rekord bo‘ldi.
Respublika hududining katta qismida oy uchun yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 1,5-2 marta ko‘p bo‘ldi, faqat shimoliy-g‘arbiy hududlarda, cho‘l zonasida va respublikaning eng chekka janubida noyabr oyida yog‘ingarchilik taqchilligi kuzatildi.
2-3 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda, 13-14 noyabr kunlari Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi qayd etildi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida balandligi 1-4 sm bo‘lgan qisqa muddatli qor qoplamining shakllanishi kuzatildi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik ham yomg‘ir, ham qor shaklida yog‘di. Oy o‘rtasida Toshkent, Namangan, Qashqadaryo viloyatlarining tog‘larida balandligi 15-30 sm bo‘lgan qor qoplami hosil bo‘ldi,
ammo 5-7 kun davomida harorat ko‘tarilishi hisobiga qor eridi. Faqat Toshkent viloyatining baland tog‘larida balandligi 35-55 sm bo‘lgan qor qoplami noyabr oyining oxirigacha saqlanib turdi.
Respublika bo‘yicha kechasi va ertalab tez-tez tuman tushishi kuzatildi. Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha kecha-kunduz davomida tuman tushishi saqlanib turdi.
2024 yilning kuz mavsumi, respublika hududining katta qismida harorat tartibi bo‘yicha me’yorga nisbatan biroz iliq, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘ldi.
Sentabr oyida va oktabr oyining birinchi yarmida O‘zbekistonda
ob-havo sharoiti kuz faslining boshi uchun xos bo‘ldi. Respublika hududi bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatildi. Havo harorati keskin o‘zgarishlarsiz, nisbatan tinch bo‘ldi.
Oktabr va noyabr oylarining ikkinchi yarmi havo harorati o‘zgarib turishi bilan tavsiflandi, ammo haroratning sezilarli anomaliyalari qayd etilmadi. Kuzning bu davrida yog‘ingarchilik deyarli ko‘p bo‘lishi kuzatildi.