O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 18-22 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 18-22 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.11.2024

 

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha noyabr oyining ikkinchi yarmi uchun deyarli iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 15-20o iliq bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qalin tuman hisobiga harorat 
8-11o dan yuqoriga ko‘tarilmaydi.

Respublika hududining katta qismida bugun quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 
va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.

Ertaga 19 noyabr kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi (shimoli-g‘arbiy, sharqiy va respublikaning eng chekka janubiy hududlardan tashqari). 20 noyabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechalari 3-8o iliq, kunduz kunlari 13-18o iliq bo‘ladi.

21-22 noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Shamol yo‘nalishi birozdan o‘rtacha tezlikgacha o‘zgarib turadi, 
21-22 noyabrda shimolda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 18-22 noyabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 19-20 noyabrda ba’zi joylarda 
kuchli bo‘lishi mumkin. 

 

Poytaxtimizda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 18-20o iliq bo‘ladi.

Ertaga 19 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 20-21 noyabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 22 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
Harorat asosan kechlari 5-8o iliq, kunduz kunlari 13-18o iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

 

 

2024 yil 18 noyabr

O‘zgidromet