O‘ZBEKISTON O‘YICHA 2024 YIL 11-15 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.11.2024
Ushbu haftaning boshida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq
ob-havo saqlanib turadi.
11-12 noyabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublika janubida 12 noyabr kuni kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Bu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi va kechalari 2-7o iliq, kunduz kunlari 12-15o iliq atrofida,
ba’zi joylarda 17o iliqqacha bo‘ladi.
13 noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublikaning katta qismida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari, yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
Havo harorati kunduzi 5-10o iliqqacha pasayadi.
13 noya kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi deyarli barcha joylarda to‘xtaydi. 14-15 noyabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda 14 noyabrga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
14-15 noyabrda harorat kechalari 0-3o iliqqacha, ba’zi joylarda
2o sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 14 noyabrda 5-10o iliq, 15 noyabrda
8-13o iliq atrofida bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
13 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kautilmaydi. 13 noyabr-chorshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shamol 10-12 m/s gacha kuchayadi. 14-15 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat asosan 11-12 noyabrda kechalari 2-5o iliq, kunduz kunlari
12-15o iliq bo‘ladi. 13 noyabrda kechasi va kunduzi 5-8o iliq bo‘ladi.
14-15 noyabrda kechalari 0-2o sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari
8-11o iliq bo‘ladi.
2024 yil 11 noyabr
O‘zgidromet