2024 YILDA NOYАBR OYI QANDAY BO‘LADI
31.10.2024
Noyabr - kuz faslining oxirgi oyi.
Iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida o‘rtacha havo harorati oktabr oyiga nisbatan 6-7o ga, shimolda va cho‘l hududlarda 8-9o ga past bo‘ladi.
Noyabr oyi kuz faslining boshidan farqli darajada havo haroratining keskin o‘zgarib turishi bilan ajralib turadi.
Oyning birinchi yarmida o‘rtacha ko‘p yillik kunduzgi harorat
15-20o iliqni (ba’zan 22-27o gacha), oyning ikkinchi yarmida esa
10-15o iliqni tashkil etadi.
Meteorologik kuzatuvlarning barcha qatorlari uchun mutlaq maksimal harorat 30-33o iliqni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysida 26-28o iliqni tashkil etadi.
O‘tgan asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davr uchun eng sovuq
noyabr oylarida havo harorati 19-24o sovuqqacha, shimolda
25-27o sovuqqacha, eng chekka janubda 10-15o sovuqqacha pasaydi.
So‘nggi yillarda noyabr oyida bunday qattiq sovuqlar kuzatilmadi. Ushbu asrda eng past harorat 10-15o sovuqni, shimolda 20-25o sovuqni, Ustyurtda 26-28o sovuqni tashkil etdi.
2001-2023 yillar uchun noyabr oyida
maksimal va minimal havo harorati.
Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun O‘zbekistonda eng iliq davr o‘tgan 2023 yil noyabr oyida kuzatildi, bunda o‘rtacha oylik harorat iqlim me’yoridan 3-6o ga ko‘p bo‘ldi.
Respublika hududining katta qismida 2023 yil noyabr oyida (shimol va cho‘l hududlardan tashqari) havo harorati manfiy qiymatlargacha bir marta ham pasaymadi.
Ushbu asrda 2020 yil noyabr oyi eng sovuq bo‘ldi.
O‘sha yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida havo hali nisbatan iliq bo‘ldi. Ikkinchi o‘n kunlikda haroratning keskin pasayishi kuzatildi. Sovuq havo noyabr oyining oxirigacha saqlanib turdi. Hatto kunduz kunlari ham termometr ustuni 5oiliqdan, eng sovuq kunlarda esa 0o dan yuqoriga ko‘tarilmadi.
Noyabr oyida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aynanadi) oktabr oyiga nisbatan tez-tez kuzatiladi, ular davomiy va jadal bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda birinchi qor qoplami shakllanadi. Pastki qatlamlarda qor qoplami beqaror bo‘ladi, 2000 m dan yuqori bo‘lgan balandliklarda esa qor qoplamining balandligi oy oxiriga 25-40 sm ga yetadi.
Hududning katta qismida barcha kuzatuv yillari uchun 2011 yil noyabr oyi yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lgan yildir. Ushbu yili noyabr oyida yog‘ingarchilik 3-3,5 oylik me’yorgacha, eng chekka janubda esa 4-7 oylik me’yorgacha bo‘lgan.
Masalan, Toshkentda 2011 yil noyabr oyida me’yor 51 mm bo‘lganda 167 mm yog‘ingarchilik kuzatildi va u 19 kun (me’yor 11 kun) davomida qayd etildi.
Ammo meteorologik kuzatuvlar tarixida anomal quruq noyabr oylari ham qayd etilgan, bunda yog‘ingarchilik me’yordan 1 dan 30% gacha bo‘lgan.
Bu yil noyabr oyi issiq va asosan quruq ob-havo bilan boshlanadi.
Respublika bo‘yicha 1-3 noyabr kunlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2 noyabrda Toshkent viloyatining ayrim joylarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. 3 noyabrga kelib, kunduzi havo 20-25o iliqqacha isiydi.
4 noyabrdan O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalarining kirib kelishi boshlanadi. Respublika hududlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 10-15o iliqqacha pasayadi, respublikaning qolgan hududlarida esa iliq ob-havo saqlanib turadi.
5 noyabrdan nam va sovuq havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi.
Sovuq harorat fonida 5-8 noyabr kunlari respublikaning barcha viloyatlarida, 9-10 noyabrda sharqiy hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi (tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va birinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, harorat kechalari 3-8° iliqni, kunduz kunlari 7-12° iliqni tashkil etadi.
Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 3-8o iliqdan0-5o sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15o iliqdan
3-8o iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat
17-20o iliqqacha ko‘tarilishida iliq ob-havo davrlari kuzatilishi ehtimoli bor.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.