O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 28 OKTABR-1 NOYАBR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 28 OKTABR-1 NOYАBR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.10.2024

 

 

Bugun O‘zbekiston hududi sovuq va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam. Havo harorati kunduzi 8-13o dan ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 8-10o ga pastdir.

Ertaga O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5o iliqqacha, ba’zi joylarda 2o sovuqqacha pasayadi, kunduzi 10-15o gacha biroz ko‘tariladi.

Chorshanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Sovuq havo massasi mamlakatimiz hududidan chekina boshlaydi, harorat kechasi 
2-7o iliqqacha, kunduzi 12-17o gacha ko‘tariladi.

Payshanba va juma kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari 2-7o iliq, atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 15-20o gacha ko‘tariladi.

28-30 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushishi kuzatiladi.

28-30 oktabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

 

Poytaxtimizda: bugun kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 
10-12o dan ko‘tarilmaydi. 

Ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5o iliq, kunduzi 12-14o bo‘ladi.

30 oktabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 4-6o iliq, kunduzi 13-15o bo‘ladi.

31 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6o iliq, kunduzi 16-18o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 28 oktabr

O‘zgidromet