O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 21-25 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
21.10.2024
Bugun mamlakatimiz aholisini va mehmonlarini ob-havo quyoshli va juda iliq haroratlar bilan quvontirishi davom etadi, faqat shimoliy hududlarga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 24-27o ni, shimolda 12-17o ni tashkil etadi.
Ertaga respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shamol ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 15-20o gacha pasayadi.
Chorshanba va payshanba kunlari faqat respublikaning janubiy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. O‘zbekiston bo‘yicha eng jadal yomg‘irlar 25 oktabr kuni prognoz qilinmoqda.
Havo harorati 23 oktabrda kechasi 8-13o, kunduzi 10-15°, 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17°, 25 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 14-19° bo‘ladi.
22 oktabrdan 25 oktabrgacha respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, 23-25 oktabrda ayrim hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
Poytaxtimizda: bugun quyoshli va quruq ob-havo kuzatiladi, harorat kunduzi 25-27o bo‘ladi.
Ertaga kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13o, kunduzi 17-19o bo‘ladi.
23-24 oktabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktabrda kechasi 11-13o, kunduzi 13-15°, 24 oktabrda kechasi 8-10°, kunduzi 15-17° bo‘ladi.
2024 yil 21 oktabr
O‘zgidromet