O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 18-20 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.10.2024
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida iliq
va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat 19 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 20 oktabrga kelib kechasi 10-12o ni, kunduz kuni 25-28o ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda: havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 ms tezlikda esadi.
Harorat kunduzi 18 oktabrda 20-22o, 19 oktabrda kechasi 6-8°,
kunduzi 23-25°, 20 oktabrda kechasi 9-11°, kunduzi 25-27° bo‘ladi.
2024 yil 18 oktabr
O‘zgidromet