O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 11-13 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 11-13 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.10.2024

 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 
20-25o ni tashkil etadi.

Ertaga kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10-15o, kunduzi 20-25o atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoliy va janubiy hududlar bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Havo harorati kechasi 10-15o atrofida bo‘ladi, kunduz kuni 17-22o gacha 
biroz pasayadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 11 va 13 oktabr kunlari ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

Poytaxtimizda: 11 oktabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 
Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24o bo‘ladi.

12 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14o, kunduzi 22-24o bo‘ladi.

13 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi . Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14o, kunduzi 20-22o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 11 oktabr

O‘zgidromet