O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 7-11 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 7-11 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.10.2024

 

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat ertalab Surxondaryo viloyatida biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kunduzi 
23-28o ni tashkil etadi.

Ish haftasi davomida respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

10-11 oktabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Havo harorati hafta davomida kechalari 8-13o ni, kunduz kunlari 23-28o ni tashkil etadi.

 

Poytaxtimizda: 7 oktabrdan 10 oktabrgacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 10-13o
kunduz kunlari 25-28o atrofida bo‘ladi.

 

 

2024 yil 7 oktabr

O‘zgidromet