Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati
16.08.2024
2024 yilning 13 avgust kuni quyidagi suv ob’yektlarida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdoriga yer usti suvlaridan namunalar olindi:
- Bo‘zsuv kanali – Teleminora hududi. Mis bo‘yicha – 1,9 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,97 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,67.
- Anxor kanali – Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Mis bo‘yicha – 1,5 REM va biogen moddalar bo‘yicha (BPK5) 1,6 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 12,21 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,70.
- Bo‘rijar kanali- Megic sity bog‘i hududi. Mis bo‘yicha – 1,6 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 12,50 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar (SII-0,52).
- Salar kanali – Ekoparkdan quyida. Mis bo‘yicha – 4,6 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,00 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,20.
- Qorasuv kanali – Furqat parki xududi. Mis bo‘yicha – 2,5 REM va biogen moddalar bo‘yicha (BPK5) 1,9 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,24 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,05.
- Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Mis bo‘yicha 1,5 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 9,29 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf - toza suvlar, SII-0,46.
- Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi gidrotexnik inshoat. Mis bo‘yicha-2,2 REM va biogen moddalar bo‘yicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 9,41 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,10.
O‘tgan hafta bilan solishtirilganda Bo‘zsuv, Anxor, Bo‘rijar, Salar kanallari va Chorvoq suv omborida suv sifati muhim o‘zgarishlarga duch kelmadi, Qorasuv kanali va Tuyabo‘g‘iz suv ombori bundan mustasno, bu yerda suv sifati biroz yomonlashdi, SII bo‘yicha toza suvlar II –sinfidan - o‘rtacha ifloslangan suvlar III-sinfiga o‘tdi.
O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv kimyoviy tahlil ko‘rsatkichlari bo‘yicha toza va o‘rtacha ifloslangan suvlarga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun: Suv ifloslanish indeksi (SII) yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.