O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 5-9 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 5-9 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.08.2024

 

5-7 avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat asosan 36-39o, respublikamiz shimolida, janubida va cho‘l hududlarida 40-42o gacha bo‘ladi.

8-9 avgustda issiq kuchayadi va respublika hududining katta qismida kunduz kunlari havo 40-42o gacha, janubda 43-44o gacha isiydi.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 9 avgust kuni salqin havo kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat 32-37o gacha pasayadi.

Ushbu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi. Faqat 5-6 va 9 avgust kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

 

Poytaxtimizda: havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayadi.

Harorat kechalari 23-25o, kunduz kunlari 5-7 avgustda 37-39o, 8-9 avgustda 39-41o bo‘ladi.