O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 29-31 IYUL VA 1-2 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 29-31 IYUL VA 1-2 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.07.2024

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo haroratining 
biroz pasayishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 34-38o atrofida, faqat janubda ba’zi joylarda 41-44o gacha bo‘ladi.

Ish haftasining o‘rtasidan oxirigacha harorat foni 2-3o ga ko‘tariladi. Hududning katta qismida kunduz kunlari havo 39-41o gacha isiydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 29-31 iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, 
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi.

Harorat asosan kechalari 22-25o, kunduz kunlari 29-30 iyulda 36-38o
31 iyul va 1-2 avgustda 38-41o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 29 iyul

O‘zgidromet