O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 22-25 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.07.2024
Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, shimolda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat tog‘li hududlarda ba’zi joylarda mahalliy xususitga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Dushanba va seshanba kunlari havo harorati 36-39o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40-41o gacha bo‘ladi.
Chorshanba kunidan va ish haftasining oxirigacha harorat 2-3o ga ko‘tarilishi kutilmoqda, kunduz kunlari havo 38-41o gacha, janubda va cho‘l hududlarda
42-43o gacha isiydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Poytaxtimizda: 22-25 iyulda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Bugun kunduzi harorat 36-38o bo‘ladi, so‘ng ish haftasining oxirigacha
39-41o gacha asta-sekin ko‘tariladi.