O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-21 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-21 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.07.2024

 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda mahalliy xususitga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Havo harorati o‘tgan ish haftasiga nisbatan biroz yuqori bo‘lib, 
34-39o ni tashkil etadi, janubda ba’zi joylarda 40-41o gacha bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

 

Poytaxtimizda: bugun va dam olish kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 22-24o, kunduzi 35-38o bo‘ladi.