2024 YIL – YОZ FASLINING BIRINCHI OYI

2024 YIL – YОZ FASLINING BIRINCHI OYI

05.07.2024

Yoz faslining birinchi oyi iyun ham tugadi. XXI asrdagiko‘pgina iyun oylari kabi, bu yilning iyun oyi ham issiq bo‘ldi. O‘rtacha oylik harorat me’yordan 1-2,5o ga ko‘p bo‘ldi.

O‘zbekiston hududining katta qismida 2024 yil iyun oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi.

Toshkentda o‘tgan iyun oyi 2021 va 2023 yillarning iyun oylaridan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi, ular me’yordan 2,8-3,2o ga issiqroq bo‘ldi.

Oy davomida harorat foni deyarli tekis bo‘lishi qayd etildi. O‘zbekiston hududining katta qismida iyun oyida maksimal harorat asosan 32-37o, janubda va cho‘l hududlarda 36-41o atrofida bo‘ldi.

Eng issiq ob-havo 27-28 iyunkunlari kuzatildi. Ushbu kunlarda harorat 
39-41o gacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43o gacha ko‘tarildi.

 

bir kecha-kunduz uchun yog‘ingarchilik miqdori, mm

 

 

            o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat me’yori

 

Toshkentda 2024 yil iyun oyida o‘rtacha kecha-kunduzlik va maksimal havo harorati, 

yog‘ingarchilik miqdori

 

Bu iyun oyi uchun eng yuqori harorat qiymatlari emas. Iyun oyidagi maksimal havo harorati rekordlari 42-44o ni, janubda va cho‘l hududlarda 45-47o ni tashkil etadi.

Toshkentda 154 yillik meteorologik kuzatuvlar uchun 1914 yil iyun oyining mutlaq maksimal harorati 43,0o bo‘lib qoldi

 

Meteostansiya

2024 yil iyun oyi maksimal harorati 

Barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimum

1991-2023 yillar uchun maksimal harorat

Toshkent

40,7

43,0 /1914

42,6 /2021

Nukus

41,1

43,6 /1956

43,4 /2022

Mo‘ynoq (Orol bo‘yi)

42,7

45,0 /2015

45,0 /2015

Urganch

41,2

43,5 /2001

43,5 /2001

Buxoro

41,2

46,2 /2005

46,2 /2005

Navoiy

40,5

44,2 /2022

44,2 /2022

Buzaubay (Qizilqum cho‘li)

43,0

47,4 /1990

45,8 /2007

Nurafshon

40,5

42,5 /2000

42,5 /2000

Samarqand

40,0

41,6 /2021

41,6 /2021

Jizzax 

40,4

45,8 /1893

42,6 /2021

Sirdaryo

42,0

44,6 /1988

43,9 /2005

Qarshi

40,8

45,6 /2022

45,6 /2022

Muborak (cho‘l hududi)

42,0

47,4 /2022

47,4 /2022

Termiz

43,1

49,6 /1914

47,0 /2022

Andijon

39,5

42,0 /1977

41,5 /2007

Namangan

40,0

42,5 /2007

42,5 /2007

Farg‘ona

39,1

41,3 /2007

41,3 /2007

Ko‘pincha yoz faslida kuzatilgani kabi, 2024 yil iyun oyida yog‘ingarchilik juda notekis bo‘ldi. 

O‘zbekiston hududining katta qismida o‘tgan iyun oyi ekstremal quruq oy deb tavsiflanishi mumkin. Oy davomida yog‘ingarchilik miqdori 0,0-4 mm ni, ayrim joylarda 6-11 mm gachani tashkil etdi.

Faqat Andijon, Farg‘ona viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida yomg‘ir yog‘ishi jadalroq bo‘ldi. Oy davomida yog‘ingarchilik miqdori ba’zi joylarda 15-22 mm ga yetdi.

Yomg‘ir juda kamdan-kam hollarda yog‘di (oyida 1-3 kun) va qisqa muddatli xarakterga ega bo‘ldi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar tez-tez kuzatildi va ayrim kunlarda yomg‘ir kuchli - bir necha soat ichida 10-20 mm gacha bo‘ldi. 
Bir oy davomida yog‘ingarchilikning umumiy miqdori 25-35 mm ga yetdi, Farg‘ona viloyati tog‘larida va Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarining baland tog‘li hududlarida 
60-100 mm gacha bo‘lishi kuzatildi.

Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida jala yomg‘irlar hisobiga sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keldi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha esdi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim jylarida shamolning kuchayishi 22-25 m/s ga yetdi. Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamolning ko‘chayishi changli bo‘ronlar bilan qayd etildi, ko‘rinuvchanlik 1000 m gacha yomonlashdi.