O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 24-28 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 24-28 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.06.2024

 

 

Bugun O‘zbekiton hududi bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 32-37o, shimolda, janubda 40o gacha bo‘ladi. 

Tekislik hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertadan boshlab havo harorati yana ko‘tarila boshalaydi va ish haftasining oxirigacha kechalari 20-25o, ba’zi joylarda 27o gacha, kunduz kunlari 35-40o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 42-43o gacha bo‘ladi. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 va 27-28 iyun kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 24 iyunda kunduz kuni 
ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 34-36o bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

25-28 iyunda yog‘ingarchilik kutimlaydi. Harorat asosan kechalari 20-25o, kunduzi 25 iyunda 35-37o, 26-28 iyunda 37-40o bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 28 iyunda ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.