O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-21 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
19.06.2024
Bugun kunduz kuni va ish haftasi oxirigacha O‘zbekiton hududi bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 34-39o atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41o gacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi
va momaqaldiroq bo‘ladi.
Tekislik hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida kechga tomon havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi etimoli bor.
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon momaqaldiroq bo‘lishi, shaharning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 20-25o, kunduzi 35-38o bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon ba’zi joylarda
12-14 m/s gacha kuchayadi.