O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 10-14 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 10-14 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.06.2024

 

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida kechga tomon mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida havo biroz issiq bo‘ladi, kunduz kunlari harorat 36-39o atrofida, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda 40-41o gacha bo‘lishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1-2o ga yuqoridir.

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kunduz kunlari 32-35o gacha, janubda 36-39o gacha biroz pasayishi kutilmoqda.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 iyunda 
35-38o, 13-14 iyunda 32-35o bo‘ladi.