O‘ZBEKISTONDA 2024 YIL MAY OYIDA KUZATILGAN OB-HAVO SHAROITLARI
10.06.2024
Bahor faslining so‘nggi oyi - May ham tugadi.
Bu yil ob-havo sharoiti nuqtai nazaridan, qulay harorat foni va momaqaldiroqli yomg‘irlar tez-tez kuzatilishi bilan haqiqiy bahor oyi bo‘ldi.
O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida me’yordan 1,5-2o ga past bo‘ldi.
Oyning katta qismida kunduzgi havo harorati 25-30o atrofida bo‘lishi kuzatildi. Havoni qisqa muddatga salqinlashish davrida kunduzgi harorat 17-22o ga pasaydi, ayrim issiq kunlarda havo 34-37o gacha, janubda
38-39o gacha isidi.
Respublika hududining katta qismida kuzatuvlarning butun qatori uchunmay oyi haroratining mutlaq maksimumi 39-41o ni, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45o ni tashkil etdi.
Joriy yilning may oyida, hatto eng issiq kunlarda ham, harorat uzining rekord qiymatlariga yaqinlashmadi.
Toshkentda o‘tgan yilning may oyida eng yuqori havo harorati
35,0o ni tashkil etdi. May oyidagi eng yuqori harorat oxirgi 30 yil ichida 2004 yilda - 38,6o bo‘lishi kuzatildi, meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun may oyi haroratining mutlaq maksimumi 1902 yilda
39,9o bo‘lishi qayd etilgan.
O‘tgan may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik taqsimlanishi juda xilma-xil bo‘ldi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik oy davomida me’yordan 1,3-2,8 marta ko‘p bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va Buxoro viloyatida ba’zi joylarda – oylik yog‘ingarchilik me’yori juda kam
bo‘lgan qurg‘oqchil hududlarda joriy yilning may oyida yog‘ingarchilik me’yordan 3-4,6 marta ko‘p bo‘lishi kuzatildi.
Farg‘ona vodiysining ko‘pchilik tumanlarida, Qizilqumning shimolida va respublikaning eng chekka janubidagi ayrim hududlarda me’yorga nisbatan eng kam yog‘ingarchilik kuzatildi (me’yordan 10% dan
60% gacha).
Respublikaning ko‘plab hududlari bo‘yicha 2024 yilning may oyi eng nam may oylari beshligiga kirdi.
Ba’zi kunlarda respublika bo‘yicha kuchli jala yomg‘ir yog‘di, bunda bir necha soat ichida oylik me’yorning yarmigacha yoki undan ko‘proq yog‘ingarchilik bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlarida, Navoiy viloyati va respublikaning janubida ba’zi joylarda bir necha soat ichida yog‘ingarchilik miqdori may oyidagi oylik me’yorning
80% dan 260% gacha ni tashkil etdi.
Taxiatosh (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Sho‘rchi (Surxondaryo viloyati) va Minchuqur (Qashqadaryo viloyati) meteostansiyalari hududlarida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun 2024 yil may oyida kecha-kunduzlik yog‘ingarchilikning maksimal ko‘rsatkichlari rekord bo‘ldi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keldi. Barcha sel o‘tishi holatlari O‘zgidromet ogohlantirishlarida ko‘zda tutilgan. Ushbu hodisalar xavfi haqidagi favqulodda xabarlar barcha manfaatdor vazirlik va idoralarga oldindan yuborildi va O‘zbekiston Respublikasi aholisi orasida tarqatildi.