O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 7-9 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.06.2024
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat kechalari 18-23o, kunduzi 7 iyunda 32-37o, 8-9 iyunda 34-39o bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda
15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-22o, kunduzi 7 iyunda 34-36o, 8-9 iyunda 35-38o bo‘ladi.