O‘zgidrometda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
21.08.2021
21 avgust kuni Gidrometeorologiya xizmati markazida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, hududlarni obodonlashtirish maqsadida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Hashar ishtirokchilari - O‘zgidromet, „Meteoinfokom” ATB, GMITI va viloyatlardagi gidrometeorologiya boshqarmalari mehnat jamoalari hududlarni obodonlashtirish va tozalash, daraxtlarni parvarish qilish ishlarida ko‘tarinki ruhda, musiqa sadolari ostida ishtirok etdilar.
O‘zgidromet Axborot xizmati