2024 YIL APREL OYI QANDAY BO‘LDI

2024 YIL APREL OYI QANDAY BO‘LDI

08.05.2024

Joriy yilning aprel oyi harorat tartibi bo‘yicha iqlimiy qiymatlardan iliqroq bo‘ldi.

Respublika hududining katta qismida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 
1-2 darajaga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va respublikaning cho‘l hududlarida me’yordan 3-5 darajaga yuqori bo‘lgan.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha o‘tgan oy meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi.

Oy davomida kunduzgi harorat 15-20 daraja iliqdan27-32 daraja iliqqacha o‘zgarib turdi. Respublika shimolida, eng chekka janubida va cho‘l hududlarida eng iliq kunlarda havo ba’zi joylarda 34-35 daraja iliqqacha isidi.

Harorat kechalari 10-15 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 17-20 daraja iliqqacha bo‘ldi va faqat eng salqin kechalarda 4-9 daraja iliqqacha pasaydi.

 

 

O‘tgan aprel oyida anomal yuqori va anomal past haroratlar kuzatilmadi.

 

 

2024 yil aprel oyida minimal va maksimal havo harorati, 

barcha kuzatuv yillari uchun rekord ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash

Meteostansiya

2024 y. aprel oyida minimal harorat

Barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq minimum

2024 y. aprel oyida maksimal harorat

Barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimum

Toshkent

4,0

-6,3 /1960

29,4

36,4 /2006

Nukus

4,6

-7,3 /1955

33,3

38,5 /1997

Urganch

4,8

-6,2 /1960

33,3

38,0 /1997

Buxoro

5,8

-5,9 /1960

33,1

38,2 /2021

Navoiy

4,2

-6,1 /1960

34,2

37,7 /2006

Samarqand

5,5

-6,8 /1960

28,6

36,2 /2000

Jizzax 

4,3

-6,0 /1960

31,4

37,6 /2006

Sirdaryo

4,1

-5,1 /1960

32,5

37,6 /1988

Qarshi

6,2

-3,5 /1960

32,2

38,8 /2000

Termiz

7,4

-2,0 /1956

33,9

38,7 /2006

Andijon

4,3

-3,6 /1960

28,9

36,0 /1985

Namangan

7,6

-3,6 /1934

30,1

35,7 /1940

Farg‘ona

6,2

-4,8 /1911

29,1

34,4 /2011

 

Metrologik kuzatuvlarg tarixida maksimal havo harorati uchun rekord ko‘rsatkichlar hududning katta qismi bo‘yicha 36-37 daraja iliqni, minimal harorat 
4-6 daraja sovuqni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7-11 daraja sovuqni, Surxondaryo viloyatida 0-2 daraja sovuqni tashkil etadi.

Aprel oyi quruq bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida aprel oyida yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kuzatildi. Shunga qaramay, qator tumanlarda ayrim kunlarda kuchli jala yomg‘irlar yog‘di, bunda oylik yog‘ingarchilik miqdoridan uchdan bir qismigacha yoki undan ko‘prog‘i bir kecha-kunduzda yog‘di.

Shunday qilib, 12 aprel kuni Payshanba meteostansiyasi (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani) hududida 12 soatda 35 mm yomg‘ir (aprel oyi oylik me’yoridan 67%) yog‘di. 13 aprel kuni So‘qoq meteostansiyasi (Toshkent viloyati Parkent tumani) hududida 12 soatda 63 mm (me’yordan 44%), Shahrisabz meteostansiyasi (Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani) hududida 8 soatda 31 mm yomg‘ir (me’yordan 38%) yog‘di. 13 aprel kuni Jongeldi meteostansiyasi (Buxoro viloyati cho‘l hududi) hududida ko‘p yomg‘ir yog‘madi, 12 soatda 16 mm yog‘ingarchilik kuzatildi, ammo bu qiymat me’yordan 100% ni tashkil etadi va bu butun aprel oyi davomida ushbu hududda yagona yomg‘ir yog‘ish holati bo‘ldi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli jala yog‘ishi sel-suv toshqin hodisalarining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sel va suv toshqinlari kuzatildi.

O‘zgidromet tomonidan barcha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi holatlari haqida tezkor gidrometeorologik axborotlar berilgan. 

 

 

 

 

 

 

13 aprel kuni 

Toshkent viloyati 

Parkent tumanidaga sel oqimi