Dam olish kunlari yana issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari yana issiq bo‘ladi

20.08.2021

Dam olish kunlari yana issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida oxirigi 2 kun ichida boshlangan harorat ko‘tarilishi davom etadi. O‘tgan haftaning oxiri va ushbu haftaning boshida havo harorati 3-5° ga pasayishi bilan O‘zbekiston aholisini hursand qilgan salqin havo o‘rniga issiq havo massasi kirib keladi.

Kecha tushdan keyin kunduz kungi havo harorati o‘zining me’yoriy qiymatlariga etdi, bugun va dam olish kunlarida esa kunduz kunlari havo 36-38° gacha isiydi. Kechalari harorat ko‘tariladi, yakshanba kuniga kelib, harorat 20-22° qiymatiga etadi. Dam olish kunlarida harorat me’yordan 2-4° ga yuqori bo‘ladi.

Bugun va dam olish kunlari respublikaning barcha tekislik hududida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. SHamol tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.