O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 1-5 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 1-5 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.04.2024

Bugun kunduzi O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

2-3 aprel kunlari respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib keladi. 2 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida, 
3 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

1-3 aprel kunlari havo harorati 15-20o atrofida bo‘ladi.

4-5 aperlda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 
18-23o gacha, ba’zi joylarda 25o gacha ko‘tariladi.

Kechalari harorat asosan 5-10o bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 2-4 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi, qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

 

Poytaxtimizda: 1-2 va 4-5 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
3 aprelda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat 1-3 aprelda 16-19o, 4-5 aprelda 19-22o bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 5-10o bo‘ladi.