Gidrometeorologiya sohasida oxirgi yillarda qilingan o‘zgarishlar, yangiliklar, iqlim o‘zgarishi muammolari, horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik

Gidrometeorologiya sohasida oxirgi yillarda qilingan o‘zgarishlar, yangiliklar, iqlim o‘zgarishi muammolari, horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik

17.08.2021

Gidrometeorologiya sohasida oxirgi yillarda qilingan o‘zgarishlar, yangiliklar, iqlim o‘zgarishi muammolari, horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik

Bugun soat 14-00 da O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot kommunikatsiyalar agentligi tadbirlar zalida Gidrometeorologiya sohasida oxirgi yillarda qilingan o‘zgarishlar, yangiliklar, iqlim o‘zgarishi muammolari, horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlika bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi a’zosi Yelena Vladimirovna, O‘zgidromet rahbarlari hamda OAV vakilllari ishtirok etdilar.

Jamiyatning zamonaviy rivojlanishi bosqichida hayotimizni juda muhim ishni bajaruvchi gidrometeorologiya xizmatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki nafaqat iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi, aviatsiya kabi ko‘plab tarmoqlarining faoliyati, balki umuman olganda davlat xavfsizligi uning faoliyatiga bog‘liq.

O‘zgidromet ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, turli ob-havo hodisalarini prognozlash va aholini o‘z vaqtida xabardor etish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Gidrometeorologiya xizmati markazining faoliyati inson hayoti va mulkini himoya qilish, atrof muhitni monitoringi va muhofaza qilish, barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish, mamlakatimiz fuqarolari hayotining farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan mamlakat iqtisodiyoti xavfsizligini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. Shu munosabat bilan O‘zgidromet Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik deklaratsiyasida bayon etilgan Taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Mamlakat Prezidenti Sh.Mirziyoevning doimiy e’tiborlari tufayli milliy gidrometeorologiya xizmati faoliyati takomillashtirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 17 noyabrdagi PQ–4896-son qarorini qabul qilinishi buning yaqqol misoli. Qarorga muvofiq O‘zgidromet yangi maqomga ega bo‘lib, o‘z faoliyatini kengaytirdi. Hozirgi vaqtda O‘zgidromet meteorologiya, agrometeorologiya, gidrologiya hamda atrof-tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatmoqda, iqlimiy ma’lumotlar bilan ta’minlab, xavfli gidrometeorologik hodisalar monitoringini olib bormoqda.

  • Sohaning noromativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, shu jumladan kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar: “Meteoinfokom” DM xodimlar soni 219 nafardan 53 nafarga optimallashtirildi, davlat ulushini kamaytirish maqsadida 2022 yildan boshlab xo‘jalik hisobiga o‘tkazish belgilandi.

Kadrlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bazasida Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda yangi gidrometeorologiya fakulteti 2021-2022 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Toshkent gidrometeorologiya texnikumida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish orqali 2021-2022 o‘quv yilida 240 nafar talabalarni qabul qilish uchun kvotalar ajratildi (o‘tgan yili 140 nafar). Shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalaridan talabalar texnikumda bugungi kunda ta’lim olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:

“O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021 yil 10 aprelda 200-son;

“O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzurida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 8 mayda 289-son;

“Gidrometeorologik xizmat a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida” 2021 yil 9 iyunda 356-son;

“Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 9 avgustda 501-son qarorlari qabul qilindi.

  • Gidrometeorologiya kuzatuv tarmog‘ini kengaytirish, IT-texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini keng joriy etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

Meteorologiya stansiyalar soni 70 tadan 75 taga (107 %), qor ko‘chki stansiyalari 3 tadan 5 taga (160 %) ortdi, avtomatlashtirilgan meteorologik stansiyalar ulushi 14 foizdan 70 foizga etkazildi. Natijada turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozlari ishonchliligi, sutkalik 88 foizdan 92 foizga, 2-3 sutkalik 85 foizdan 90 foizga, 4-5 sutkalik 83 foizdan 88 foizga, shtorm ogohlantirishlar oqlanish darajasi 85 foizdan 90 foizga etkazildi.

Jahon banki bilan hamkorlikda 50 ta avtomatik meteostansiyalar, 1 ta mobil ekologik laboratoriya va ob-havo prognozlarini raqamli modellashtirish uchun 1 dona superkompyuter uskunasi, shuningdek, “Zamin” xalqaro jamoat fondi hisobidan 2 ta avtomatlashgan atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi stansiyalari o‘rnatildi (qarorda belgilangan ko‘rsatkichlar 100 % bajarildi, natijada mavjud 14 ta avtomatik meteostansiyalar soni 5 baravarga ko‘paydi).

Sohada IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni takomillashtirish asosida avtomatik meteostansiyalar kuzatuv tarmoqlaridan ma’lumotlar markazga 10 daqiqa vaqt oralig‘ida muntazam ravishda GSM/sputnik orqali uzatib borilishi ta’minlandi.

Aholi yashash punktlarda havo sifatini monitoring qilish hamda gidrometeorologik ma’lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha yangi “monitoring.meteo.uz” geopartal yaratildi, shuningdek mobil ilovasi ishga tushirildi.

MODIS uskunasi modernizatsiya qilindi natijada kuniga 4 marta respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida qor qoplami balandligini o‘lchash orqali suv miqdori hisobini yuritish va qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya indeksi zichligini aniqlashga erishildi.

Gidrometeorologiya faoliyatida sun’iy yo‘ldosh va erni masofadan zondlash texnologiyalaridan keng foydalanish, shuningdek, gidrometeorologik ma’lumotlar bilan almashish uchun ma’lumotlar uzatishning yagona telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish bo‘yicha dastur tasdiqlandi.

  • Sohani moliyalashtirish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

2021 yil 1 yanvardan soha xodimlarining oylik ish haqlari ikki baravarga oshirildi va uzoq muddat xizmati uchun oylik ustama haq to‘lanishi ta’minlandi (sohada o‘rtacha oylik ish haqi 33,5 mln so‘m, avval 11,5 mln so‘m bo‘lgan).

Sohada jami xarajatlar uchun 2018 yilda – 30 mlrd so‘m, 2019 yilda – 41,2 mlrd so‘m, 2020 yilda – 54,5 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda 3 baravarga oshirilib, 128,2 mlrd so‘mni tashkil etdi (shundan, xodimlarning ish haqi va joriy xarajatlar uchun – 100 mlrd so‘m).

O‘zgidrometning ixtisoslashgan gidrometeorologik xizmatlari uchun xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha tushumlari 2019 yilda jami 3,98 mlrd so‘m, 2020 yilda 2,68 mlrd so‘m va 2021 yilning birinchi yarim yilligida esa jami 1,95 mlrd so‘mga teng bo‘ldi.

  • Xalqaro hamkorlik, xalqaro moliya institutlari bilan ishlash.

Joriy yilda gidrometeorologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish yo‘nalishida  mutaxassislar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli Konvensiyasi va Parij bitimi doirasidagi respublika majburiyatlarini bajarilishi hamda Jahon metrologiya tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan onlayn konferensiyalarda ishtirok etildi.

Shuningdek, gidrometeorologiya sohasini rivojlantirish, meteostansiyalarni modernizatsiyayalash hamda avtomatlashtirishga sarmoyalarni jalb etish yuzasidan Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Bolgariya, Germaniya, YAponiya, Turkiya davlatlari hamda Jahon banki, Evropa taraqqiyot va rivojlanish banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlari bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar amalga oshirildi.

2021 yil mart oyida YAshil iqlim jamg‘armasi hisobidan umumiy qiymati 9,8 mln AQSH dollari bo‘lgan “O‘zbekiston jamoalarining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlarga moyilligini oshirish uchun erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” grant loyihasi imzolandi.

Joriy yilda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan “Gold Fresh fruits” MCHJ, “Silverieafe” MCHJ QK, “Indorama Agro” MCHJ HK bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq, ushbu korxonalarga doimiy ravishda gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risidagi ob-havo prognozlarini kunlik va haftalik shaklda etkazib berilmoqda. Natijada, ushbu korxonalar tomonidan agrotexnologik tadbirlar meteorologik ma’lumotlar va tavsiyalar asosida amalga oshirilib, qishloq xo‘jalik ekinlarining mahsuldorligini ortishiga va yo‘qotishlarni oldi olinmoqda. Masalan: “Gold Fresh fruits” MCHJ agroklasteri tomonidan Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan – 1,5 ming gektar maydondagi bog‘ hosildorligi 25-30 ga (o‘z vaqtida berilgan meteorologik ma’lumotlar hisobiga bahorda bog‘ni sovuq urishini oldi olindi) yon atrofdagi bog‘larga nisbatan ortgan. “Silverieafe” MCHJ QK tomonidan 2,0 ming gektarga ekilgan g‘o‘za navlaridan ko‘rilgan foyda 20-25 % ga ortishiga erishildi.

Iqtisodiyot tarmoqlariga global iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan umumiy qiymati 19,5 mlrd so‘m bo‘lgan jami 15 ta loyihalar ishlab chiqilib, moliyalashtirish uchun Innavatsion rivojlanish vazirligiga joriy yilda taqdim etilgan.

Bugungi kunda 15 ta loyihadan umumiy summasi 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan 3 ta loyihaga moliyalashtirilgan, 6 tasi tanlovga joylashtirilgan.