24 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.02.2024

MUHIM HODISALAR
24-29 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
24 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Qoraqalpog’iston Respublikasida, Xorazim, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Yo’llarda bazi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida qor yog’adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, bazi joylarga qor yog’аdi, tuman tushadi. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.