17 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.02.2024

MUHIM HODISALAR
17 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19-22 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
17 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat  Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax,  Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog’ingarchilik
(yomg’ir qor) bo’ladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 3° sovuq-2° iliq, shimolda 3-8° sovuq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Yo’llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuq-1° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir qor) bo’ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, tuman tushadi. Qor ko’chish xavfi bor. Yo’llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.