Haftaning boshida salqin ob-havo saqlanib turadi, keyinchalik yana harorat ko‘tarilishi kutilmoqda.
16.08.2021
O‘tgan dam olish kunlari ob-havo O‘zbekiston aholisiga so‘nggi oylarda zerikarli bo‘lib qolgan issiqdan dam olish imkonini berdi. G‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan salqin havoning kirib kelishi havo haroratini me’yordan 3-5° ga pasaytirdi.
Kechasi va erta tongda havo 13-16° gacha salqinlashdi, kunduz kunlari esa harorat 29-32° dan yuqoriga ko‘tarilmadi, faqat janubiy hududlarning eng chekkasida 32-35° qiymatlariga etdi.
Haftaning boshida salqin ob-havo saqlanib turadi. Bugun kunduz kuni harorat 28-33°, ertaga 30-35° atrofida bo‘ladi.
Chorshanba kunidan esa salqin havo massasi O‘zbekiston hududidan chekina boshlaydi va uning o‘rniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib, kechalari 18-20° gacha, kunduz kunlari 36-38° gacha ko‘tariladi.
Bunday harorat avgust oyining ikkinchi yarmi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3° ga yuqori bo‘ladi. Biroq shuni qayd etish joizki, ushbu davrda O‘zbekiston hududida eng issiq yillarda harorat 40-41° gacha, janubda esa 42-44° gacha ko‘tarilgan. Biz hafta davomida va keyinchalik ham bunday issiqni kutmayapmiz.
Respublika bo‘yicha hafta davomida birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan shamollar bilan quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida faqat bugun kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.