O‘ZBEKISTON BOYICHA 15-17 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BOYICHA 15-17 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.12.2023

O‘ZBEKISTON BOYICHA 15-17 DEKABR KUNLARIGA

OB-HAVO PROGNOZI

Ushbu haftaning birinchi yarmida qor va sovuq ob-havo olib kelgan sovuq antisiklon O‘zbekiston hududidan tez chekinmoqda.

Respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5o sovuqqacha kuchsizlashadi, bugun kunduzi esa havo 4-9o iliqqacha isiydi. Respublikaning shimolida ham havo iliqlashadi, ammo kunduz kuni hali ham harorat 3-8o sovuq atrofida bo‘ladi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubiy va janubi-g‘arbiy hududlarida kechga tomon ba’zi joylarda asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Ertaga janubiy hududlardan nam havo massasi respublikaning markaziy hududlariga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kunduzgi havo harorati 0-5o iliqgacha biroz pasayadi.

Tog‘li hududlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

17 dekabr-yakshanba kuni respublikning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi harorat 0-5o sovuq, shimolda 5-10o sovuq, kunduzi 2-7o iliq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun va yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, shanba kuni vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 15 dekabrda 6-8o iliq, 16-17 dekabrda kechasi 3o sovuq-2o iliq, kunduzi 16 dekabrda 0-2o iliq, 17 dekabrda 3-5o iliq bo‘ladi.

2023 yil 15 dekabr

O‘zgidromet