16-18 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
14.12.2023
16-18 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17-18 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi
0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 16 dekabrda 2-7° iliq; 17-18 dekabrda 3-8° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 16 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 17-18 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 17 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 17-18 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17-18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 17 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 18 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.