11 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 10 dekabr soat 20 dan 11 dekabr soat 20 gacha

11 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 10 dekabr soat 20 dan 11 dekabr soat 20 gacha

10.12.2023

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

 

Joriy yilning 10-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja vuqqacha pasayadi.

 

11 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI

10 dekabr soat 20 dan 11 dekabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3o iliq boʻladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunduzi ba’zi joylarda qor yog’adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli qor yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yollarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va  kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.