10 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.12.2023

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

Joriy yilning 10-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

 

10 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo’llarda yaxmalak yuzaga keladi Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5° sovuq boʼladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq boʼladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.