HAFTA OXIRIDA ISSIQ BIROZ PASAYISHI KUTILMOQDA

HAFTA OXIRIDA ISSIQ BIROZ PASAYISHI KUTILMOQDA

09.08.2021

HAFTA OXIRIDA  ISSIQ BIROZ PASAYISHI KUTILMOQDA

Bugun va haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kechalari 18-23°, kunduz kunlari 33-38°, bu ushbu davr me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi.

Payshanba va juma kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari 30-35° gacha pasayadi va iqlimiy me’yorga yaqinlashadi.