5 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
05.08.2021
MUHIM HODISАLАR
5-8 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomgʼirlar sababli, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
5 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli boʼladi, ba’zi joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarimida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 35-40°, shimolda, janubda va cho’l hududlarining ba’zi joylarida 42° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli boʼladi, vaqti-vaqti bilan oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.Harorat 37-39° boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarning baʼzi joylarda kunning ikkinchi yarimida qisqa muddati yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 25-30° boʼladi.