24-26 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
22.06.2023
24-26 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 24 iyunda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°, 25 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 28-33°, 26 iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°, 25-26 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 31-36° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 25 iyunda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°, 25 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 31-36°, 26 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°, Surxondaryo viloyatida 42-44° gacha; 25-26 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayish, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24 iyunda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°, 25-26 iyunda kechasi 19-24°, kunduzi 31-36° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, 24-25 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 26 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayish mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 24 iyunda 23-28°, 25-26 iyunda 18-23° bo’ladi.